Radjapova M ning dars ishlanmasi

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi

227-maktabning 2-“B” sinf rahbari

Radjapova Mohiraning

matematika fanidan

“a+49, 91-b ko`rinishidagi ifodalar”

mavzusida yozgan

1 soatlik dars ishlanmasi

Radjapova M

Sana:

Sinf: 2-“B”

Fan: Matematika

I.Dars mavzusi: a+49, 91-b ko`rinishidagi ifodalar

II.Dars maqsadi:

a)ta`limiy: a+ 49,91-b korinishidagi ifodalar haqida bilim berish. O`quvchilarga harfli ifodalarga oid misollar yechishni o`rgatish. Olingan   ko`nikmalarni mustahkamlash;

b)tarbiyaviy: o`quvchilarni kichik guruhlarda o`zini o`zi boshqarish va hamjihatlikka o`rgatish, har bir matematik muammolarni ahillik, hozirjavoblik bilan hal etish, bir-biriga yordam berish fazilatlarini tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o`quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish,xotirasini mustahkamlash.

III. Dars turi: Aralash dars

  1. Dars metodi: savol-javob,tushuntirish, muammoli izlanish, guruhlarda ishlash.
  2. Dars jihozi: AKT, multimediali ilovalar, darslik,tarqatma misollar, charxpalak maketi.
  3. Darsning borishi:(3`)

  Tashkiliy qism. Salomlashiladi, o`quvchilarning darsga tayyorgarligi parta oralab ko`rib chiqiladi, fasl haqida suhbat o`tkaziladi,o`quvchilar diqqati darsga jalb etiladi,navbatchi  o`quvchining axboroti tinglanadi,  uyga berilgan vazifa tekshiriladi va tahlil qilinadi.

 

VII. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.(10`)

Matematik  diktant.   O`quvchilarga berilgan ifodalardan daftarlariga faqat harfli ifodalarni ajratib yozishlari lozimligi tushuntiriladi.  Ifodalarni ustun shaklida yozish eslatiladi.

  • 15 bilan 6 ning ayirmasini toping.
  • a bilan 4 ning yig`indisini toping.
  • 5 bilan b ning ayirmasini toping.

4)     Kamayuvchi 20 ga, ayruvchi 8ga teng.

5)     25 bilan 1ning yigindisini toping.

6)     Birinchi  qo`shituvchi  b ga,ikkinchi  qo`shituvchi  3 ga teng.

7)     40 soni 2 ga  kamaytirilgan.

8)     a bilan 8 ning yig`intisini toping.

9)     50 bilan 10 ning ayirmasini toping.

10)   62 bilan 20 ning  yigintisini toping.

11)    c bilan 40 ning  ayirmasini toping.

12)   16 bilan 6 ning ayirmasini toping.

 

Javoblarini tekshirishda o`zaro  tekshirish usulidan foydalanish mumkin. O`quvchilar partadoshlari bilan daftarlarini almashtiradilar. Javoblar varaqasi doskaga ilib qo`yiladi va o`quvchilar unga qarab javoblarini tekshiradilar.

  Javoblar :  a + 4 ; 5 – b ; b + 3 ; a + b ; c — 40.

 

VIII. Yangi mavzuning bayoni. (15`) 1- misol og`zaki ravishda ko`rgazmali usuldan foydalanib tushuntiriladi:2 ta sonli charxpalak maketi doskaga ilib qo`yiladi.  Birinchisi qo`shishga, ikkinchisi esa ayirishga doir. 1-charxpalakning birinchi g`ildiragida sonlar  yozilgan bo`lib, u aylanadi, ikkinchi g`ildiragi esa aylanmaydi, unda 49 soni yozilgan, orasida “+”  belgisi. Charxpalak bir aylanib to`xtaganida, qo`shishga doir sonli   ifoda paydo bo`ladi va uni o`quvchilar daftariga yozib, qiymatini hisoblaydilar.

8+49=57;

2+49=51;

4+49=53;

6+49=55.

2-charxpalakning birinchi g`ildiragi aylanmaydi, unda  91 soni yozilgan, ikkinchi g`ildiragida esa sonlar yozilgan bo`lib, u aylanadi, orasida   “-“ belgisi. Charxpalak bir aylanib  to`xtaganda, ayirishga doir sonli  ifoda paydo bo`ladi va uni o`quvchilar daftariga yozib, qiymatini hisoblaydilar.

91-6=85;

91-4=87;

91-3=88;

91-9=82.

2-misolda jadvalli misollarni yechish uchun o`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib, har bir guruhga 2 tadan  jadval beradi. O`quvchilar misollarni  namunaga qarab  daftarlarida yechadilar, javoblarini jadvalga yozib, o`qituvchiga topshiradilar.

 

    a

 

   38    46    27    28    39    37    49
  a+7

 

 

    b

 

   47    35    28    24    43    52    13
 56-b

 

    

 3-masala  sharti bilan tanishtiriladi.

-bir o`quvchi masalaning shartini  darslikdan o`qiydi. O`qituvchi o`quvchilar bilan birgalikda ushbu masalaning qisqa shartini tuzadilar.

Ko`chaning o`ng  tomonida 35 ta uy, chap tomonida undan  7 ta kam uy bor. Ko`chaning chap tomonida nechta uy bor ?

O`qituvchi  masala yuzasidan suhbat o`tkazadi va o`quvchilarga mazkur hayotiy vaziyatni tasavvur qilishga  yordam beradi. O`quvchilar masala sharitidan nimalar ma`lumligi, nimalar noma`lumligini, ular orasidagi qanday bog`lanishlar borligini o`qituvchining savollariga asoslanib aniqlaydilar. Masalaning qisqa yozuvini tuzishda o`qituvchi asosiy so`zlarni aytadi.

 

O`ng tomonda- 35 ta uy

Chap tomonda- ? 7 ta kam uy

Yechish:35-7=35- (5 + 2) = 35 — 5 — 2 = 30 — 2 = 28 (ta uy)

Javob: ko`chaning chap tomonida 28 ta uy bor.

 

O`qituvchi: Masala nechta amal bilan yechildi ?

O`quvchilar: 1 ta.

O`qituvchi : Masalaning savoli qanday o`zgartirilsa, u ikki amal bilan yechiladigan bo`ladi ?

O`quvchilar: Ko`chaning ikkala tomonidagi uylar nechta?

 

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.(12`)

4-misol- “ Asalari uyasi”  o`yini asosida  kichik  guruhlarda ishlanadi. Buning uchun o`quvchilar kichik guruhlarga  6 tadan bo`linadilar. Har bir guruhga misollar yozilgan  muntazam  oltiburchak  shaklidagi  sariq rangli kartochkalar beriladi. Ulardan bittasining o`rtasiga harfli ifoda, qolgan 6 tasining orqasiga harfning qiymati yoziladi. O`quvchilar kartochkalardagi harfning qiymatini harfli ifodaga qo`yib, misolning yechimini yozadi. Guruhdagi barcha o`quvchilar  misollarni yechib bo`lganidan keyin, A-3 formatdagi qog`oz ustiga kartochkalardan  foydalanib, asalarining uyasini yasaydilar. Barcha guruhlar tayyor  o`zlari yasagan asalarining  uyalarini  doskaga iladilar. O`qituvchi misollarning to`g`riligini tekshiradi va guruhlarni rag`batlantiradi.

a+8 ifodaning qiymatini ayting:    a=14;a=8;a=47;a=25;a=30;a=52.

 

b-6  ifodaning qiymatini ayting :   b=13;b=18;b=44;b=20;b=36;b=51.

 

12+a ifodaning qiymatini ayting:  a=5;a=9;a=30;a=48;a=36;a=51.

23- b ifodaning qiymatini ayting:  b=1;b=8;b=13;b=20;b=23;b=16.

 

a+20 ifodaning qiymatini ayting:  a=19;a=7;a=42;a=35;a=34;a=62.

 

b-10 ifodaning qiymatini ayting:   b=15;b=28;b=46;b=20;b=37;b=68.

 

5 misol : O`quvchilar kichik guruhlarda doiraviy misollardagi qonuniyatni topadilar.

45+23;

23+22;

59-36;

42+17;

68-26.

6-masalani  yechish uchun 2 ta  o`quvchi doskaga  chiqariladi, qolgan o`quvchilar esa daftarlarida yozadilar. Masalani  yechishda qisqa yozuv bo`yicha masala  sharti tuziladi.

1)   Katak daftar -32 ta

Bir chiziqli daftar — ?, 14 ta kam

 

2)   Katak daftar – 32 ta

Bir chiziqli daftar — ?, 14 ta kam                        ? ta daftar

 

7-topshiriqda har bir shaklining perimetri topiladi:

 

 

 

 

Ekran orqali trenajyor – mashq va test topshiriqlari  bajariladi.

 

  1. O`quvchilarni baholash:(3`)

-Darsda erishilgan yutuqlar, yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilinadi.O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra  baholanadi.                                                                                 Faol ishtirok etgan o`quvchilar  rag`batlantiriladi.

Dars umumlashtirilib, yakunlanadi.

  1. Uyga vazifa berish: (2`)

90-betdagi 8-masala va 9-misollarning sharti tushuntiriladi.

Ходжаев А.Х.нинг дарс ишланмаси

Toshkent  shahar

Yashnobod tumani

227-umumta’lim  maktabi

chizmachilik  fani  o’qituvchisi

Xo’jaev  Abduboriyning

Yassi shakllarning aksonometriyasini yasash”

mavzusida bir soatlik ochiq dars

ishlanmasi

Sana:                                                                                                                        

Sinf: 6A, 6B.

       Dars  mavzusi:Turli badiiy material va tehnik vositausulida rangtasvir, qalamtasvir, haykaltaroshlik, ihtiyoriy tanladi 2-3 figurali mvzuiy kompozisiya (sport , maishiy, san`at vahokozolar.) ishlash.

  • Ta’limiy maqsad: (DTS bo’yicha BKM elementlari)

Ihtiyoriy mavzu va materiallardan foydalanib amaliy mashg`ulot o`tkazib o`quvchilarda ihtiyoriy  ijodiy mahoratini kuchaytirish.

  • Tarbiyaviy maqsad: (Milliy istiqlol g’oyasi asosida)Ozining tassurotini milliyligimiz ruhudatasvirlay olish mahoratini tarbiyalash.
  • Rivojlantiruvchi maqsad: yangi bilim, yangi atama , asosiy tushunchalar) Tasviriy san`atdagi kompozitsiya haqidagi bilimini rivojlantirish.

      Dars metodi: (an’anaviy: maruza suhbat, savol javob, test , yozmai ish, va hk) Maruza amaliy mashg`ulot.

       Kerakli  jihozlar: (Harita,  jadval, plakat , fotosuratlar va didaktik materiallar:kartochkalar, tarqatma materiallar va boshqalar.)    Rassomlar, o`quvchilar ishlagan ishlaridan namunalar.

        Darsning  borishi:

       Tashkiliy qism(3d)

1.Salomlashish

  1. Davomatni aniqlash

3.Darsga tayorgarlikni tekshirish

Sinfni darsga tayyorlash: (2d)

1.Yangi mavzuni e`loni

2.BKM lar e`loni

  1. O’tilgan mavzuni so’rash yoki takrorlash

Savollar: (8d)

  1. Qanday tasviriy san`at usul vayunalishlarini o`rgandik?

2.Tasviriy san`atda inson hayotini tasvirlovchi janrni aytib bering?

  1. Odam gavdasini chizishda qanday bosqichlarga etibor beriladi?

      Yangi mavzuni bayoni: (5d)

A)Yangi  mavzuni bayoni, maqsadi, BKM elementlarini e’lon qilish-2daqiqa

1.Badiiy materiallar. 2. Tehnik vositalar. 3. Kompozitsiya.

B)Yangi mavzu yuzasidan O’qituvchining harakati-15daqiqa

Oqituvchi o`quvchilar bilan mavzu tanlashadi.

Mavzuga asosan kompozitsiyaning echimi tanlanadi.Oldingi, ketingi,o`rta planlar belgilab olinadi. Birinshi darajali ikkinchi darajadagi, uchinchi darajadagi qatnashuvchi chiziladi. Perspektiva, hovo perspektiva  qonunlari eslatib o`tiladi. Kompozitsiya- sozi  lotincha komponete – o`ylab o`qish, o`lchamini topib joylashtirish, mavzuga qarab chizish degan manoni bildiradi. Chizish bosqichlarini o`rgatib bolingandan so`ng o`quvchilar amaliy mashg`ulotni boshlashadi.

Amaliy mashg`ulot: (15d)

Amaliy mashg`ulot o`qituvchi nazorati ostida olib boriladi. 2-3 ta figura qatnashgan kompozitsiya chiziladi . Oquvchilar qanday kompozitsiya amalini bajarishganini gapirib berishadi.

        Yangi darsni mustahkamlash: (7d)

1.Kompozitsiya numa degani?

  1. Orqadagi planda nimalar joylashtiriladi?
  2. Mavzu bo`yicha rasm chizish qanday bo`ladi?

Baholash: (3d).

O’tilgan mavzular bo’yich savol javoblar baholanib? Topshiriqlar baholanib? Kundalik va jurnalga qo’yiladi/

Uyga vazifa:-2daqiqa. Kompozitsiyani bitirib kelish

 

 

 

Sinf: 8A.   8B.

Dars  mavzusi:  Tekis  shakllarning  aksonometriyasini  yasash.

  • Ta’limiy maqsad: Yassi shakllerning aksonometriyadagi ko`rinishlarini fazoviy  tassavurda ko`ra bilish va  anglash orqali ularni chizishni o`rgatish
  • Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga aksonometrik proyeksiyalardan o`z o`rnida to`g`ri foydalanishni o`rgatish va ishbilarmonlikni tarbiyalash.
  • Rivojlantiruvchi maqsad: Aksonometriya, aksonometriya kordinata o`qlari, qisqarish koifitsentlari, izometriya, dimetriya, ellips, oval haqida tushunchasini rivojlantirish.

Dars metodi: Noan`anaviy.

Faoliyat turi: Tushuntirish (slayd yordamida), grafik ish bajarish, darslik bilan ishlash va hamkorlikda o`qitish.

Kerakli  jihozlar: O`quv plakatlar, mavzuga oid slaydlar, AKT, didaktik materiallar.

Darsning  borishi:

Tashkiliy qism  (3daqiqa)

  1. Davomatni jurnalga belgilash.
  2. Darsga tayyorgarlikni nazorat qilish.

Sinfni darsga tayyorlash (10daqiqa)

  1. Yangi mavzuni e`loni.
  2. BKM lar e`loni.
  3. O`tilgan mavzuni so`rash yoki takrorlash.( 1-ilova va 2-ilovada taqdim etilgan.)

Yangi mavzuni bayoni (5daqiqa)

O`qituvchi yangi mavzuni yozuv taxtasiga yozib  BKMlarni elon qiladi (3-ilova). Slaydlar  namoish qilinib aksonometriya haqida o`qlari haqida kichik suhbat uyushtiriladi. Yassi shkllarni izometrik va dimetrik o`qlardagi tasvirlari orqali, ularni V, H, W proyeksiyalovchi tekisliklardagi dalat standartlariga muvofiq joylashuvi o`rganiladi.

Amaliy mashg`ulot: (15 daqiqa)

Darslik yordamida 28.1 chizmada tekis shakllarni dimetriyada  chizish, 28.2 dakvadratni, 28.3da muntazam oltiburchakni, izometrk shakllarni  28.4 da uch burchak, 28.5da kvadrat, 28.6 da muntazam oltiburchakni mashqlar yordamida chizish yo`llari tushuntirib beriladi . har bitta chizmaga o`quvchilar jalb qilinadi, va ish daftariga ishlash vazifasi beriladi.

Yangi darsni mustahkamlash:-(7daqiqa)

  1. Frontal dimetriyada OX o`qiga parallel chiziqni necha marta kichraytiriladi ?
  2. X, Y, Z o`qlari orasidagi masofasi teng bo`lgan proyeksiyaning nomi qanday ?
  3. Nima uchun frontal dimetriya dryiladi ?
  4. Frontal dimetriyaning qanday avzalligi bor?

 

Baholash: (3daqiqa) O`tilgan darslar bo`yicha uy vazifalari tekshirilib, otilgan mavzular bo`yicha savollarda qatnashgan o`quvchilar aniqlanib baholari e`lon qilinadi va jurnal bilan kundalikkaa baholanadi.

Uyga vazifa:(2daqiqa) Ish daftariga 85- betdagi uchta topshiriq.

1-ilova

  1. Aksonometriya deb nimaga aytiladi ?
  2. Frontal dimetriya qanday ko`rinishda bo`ladi ?
  3. Izometriyani frontal dimetriyadan farqi qanday ?
  4. Frontal dimetriyadagi o`qlar orasidagi masofa qanday?
  5. Izometriyada o`qlar orasidagi burchaklar qanday o`lchamlarga teng?

2-ilova

  1. Aksonometriya sozi qanday manoni bildiradi ?
  2. Yaqqol tasvir. Izometriya.  C. O`qlar bo`yicha ishlash.   D. Dimetriya.
  3. Oz oqiga 90o burchak ostida o`tkazilgan Ox o`qining davomiga nisbatan 45o burchak ostida chizilgan  y o`q orqali qanday aksonometrik proyeksiya hosil bo`ladi ?
  4. To`g`ri burchakli dimetriya.
  5. Qiyshiq burchakli dimetriya.
  6. Qiyshiq burchakli izometriya.
  7. To`g`ri burchakli
  8. Aksonometriyada aylana ellips ko`rinishda tasvirlanadi. Chizish qulay bo`lishi uchin uni qanday egri chiziqqa almashtiriladi ?
  9. O`ramaga. Ovoidaga.      C. Ovalga.      D. Spiralga.

 

 

 

 

Дарс ишланма

 

 

 

Toshkent shahar Yashnobod tumani

 

227-maktab Geografiya fani o’qituvchisi

Achilova Gulsara Tagayevnaning

 

Gidrosfera ,uning tarkibiy qismlari

 

 mavzusidagi dars ishlanmasi

 

 

 

 

 

Sana: _________

Sinf: VI.

Mavzu: Gidrosfera. Uning tarkibiy qismlari.

Darsning maqsadi:

  1. a) ta’limiy maqsad:

O`quvchilarning qobiqlar haqidagi bilim va tushunchalarini shakllantirishda davom etish; geografik qobiq hamda ularning o`ziga xos xususiyatlari haqida ma`lumot berish, gidrosfera va uning tarkibiy qismlari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish; gidrosferani  o`rganilgan qobiqlar bilan qiyoslash;

  1. b) tarbiyaviy maqsad:

O`quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlarni o`qishga da’vat etish; ularni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga  undash, tabiat in`omlaridan,ayniqsa suvdan oqilona foydalanishni o`rgatish, tabiatga mehr va muhabbat uyg`otish asosida ekologik dunyoqarashni kengaytirish, estetik didni, axloqiy sifatlarni kamol toptirish;

  1. c) rivojlantiruvchi maqsad:

O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.

  1. Darsning jihozi:

Globus, yarim sharlar tabiiy kartasi, 6-sinf darsligi, atlasi, yozuvsiz xaritasi, Slaydlar, tarqatma materiallar, globus maketlari, vatman, markerlar.

Texnik vositalar: Kompyuter, telivizor, videomagnitafon,

Dars tipi: Aralash.

Dars turi: Noan’anaviy.

Dars o`tish metodi va usullari: “Aqliy hujum”, “Juftlikda ishlash”, “Aplikatsiya”  “Guruhlar bilan ishlash”, “Konseptual xarita”, “Insert”, atlas va xarita bilan ishlash.

Darsning rejasi:

  1. Tashkiliy qism.

     1.O`qituvchining kirish so`zi. (2 daqiqa)

2.Guruhlarga bo`linish. (2 daqiqa)

  1. O`tgan mavzuni so`rab baholash.

3.“Aplikatsiya” usuli. “O`z qobiqlarimizni to`ldiramiz”.

(4 daqiqa)

  1. Biz bilgan bilimlar. “Moychechak” o`yini. ( 3 daqiqa)
  2. “Kim topqir” o`yini. Gidrosfera so`zi harflaridan boshlanuvchi shu qobiqqa doir so`zlarni topib, yozish.

( 4 daqiqa).

III. Yangi mavzu bayoni.

5.O`qituvchi so`zi. Slaydlar va “Gidrosfera” videofilmini yordamida tushuntiriladi ( 7 daqiqa)

  1. “Geografik nomlarni bilasizmi?” doskasi bilan ishlash. ( 4 daqiqa)
  2. “Yelpig`ich” usuli. Gidrosfera qobig`ining boshqa qobiqlar bilan o`zaro aloqadorligini ochish. ( 6 daqiqa)
  3. Raqamli diktant. ( 3 daqiqa)
  4. “Topishmoqlar javob izlar” o`yini. ( 3 daqiqa)
  5. Yangi mavzuni mustahkamlash:
  6. “Cho`qqiga kim oldin chiqaadi?” Savollarga javob topish. (4 daqiqa)
  7. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa.
  8. G`olib guruhni aniqlash va baholash va uy vazifasini berish. ( 3 daqiqa)

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish.

Davomatni aniqlash.

Navbatchi axborotini tinglash.

O`quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof-muhitdagi tabiiy geografik o`zgarishlarga sharx beradilar.

  1. Asosiy qism.

Guruhlash.

O`quvchilar emblemalar orqali to`rt guruhga bo`linadilar:

1-guruh. Litosfera.

2-guruh. Gidrosfera.

3-guruh. Atmosfera.

4-guruh. Biosfera.

O`quvchilar musiqa sadolari ostida emblemalarni o`qib, tegishli guruhga borib o`tiradilar.

  1. Darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtirish.

Qoidalar ishlab chiqiladi.

    Oltin qoidalar

  1. O`zaro hurmat.
  2. Vaqtga rioya qilish.
  3. Asosli va mantiqli fikr bildirish.
  4. Fikrni takrorlamaslik.
  5. O`ng qo`l qoidasi.
  6. To`g`ri javob uchun rag`bat.
  7. Guruhlarda ishlash.

Har bir to`g`ri javob uchun gulchalar tasviri berib boriladi.Kimning guldastasida eng ko`p gul bo`ladi.

Baholash mezonlari:

  “5” baho – atirgul.“4” baho- lola. “3” baho – chinnigul.

Har bir shartni birinchi bo`lib bajargan guruhga ham alohida rag`bat “globuschalar” berib boriladi.

O`qituvchi:

— Aziz o`quvchilar,biz siz bilan yer qobiqlari — “Litosfera, Gidrosfera, Atmosfera va Biosfera” haqida V – sinfda darslarimizda tanishgan edik.

O`tilgan mavzular bo`yicha ishlash:

1- shart “Aplikatsiya” usuli.

“O`z qobiqlarimizni to`ldiramiz” deb nomlanadi.

Magnit doskaga turli sozlar yozilgan qog`ozchalar ilinadi.

O`quvchilar o`z qobiqlariga tegishli so`zlar yozilgan qogo`zchalarni doskadan olib o`z guruhi qog`oziga yopishtirib chiqishadi.

“Moychechak” o`yini.

O`quvchilarga moychechak guli sxemasi chizilgan qog`oz beriladi, gulning o`rtasiga o`tilgan mavzu “Litosfera” so`zi yozilgan. Gul yaproqchalarida mavzuga doir jumlalar yozilgan, lekin ular orasida bitta jumla noto`g`ri berilgan. O`quvchilar jumlalar yozilgan yaproqchalardan noto`g`ri yozilganini topishlari kerak. Guruhlar “so`ligan” yaproqchani topib olib tashlashlarhi kerak. Xatoni to`g`ri topgan guruhlar rag`batlantiradi.

 

 

 

“Kim topqir” o`yini.

Guruhlarga Gidrosfera so`zi yozilgan qog`ozlar beriladi. Guruh a`zolari har bir harfga geografiyaga  oid so`z va atamalar yozishlari kerak. Har bir harfga so`z to`g`ri yozilsa, guruh rag`bat oladi.

 

G
I
D
R
O
S
F
E
R
A

Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi  Slaydlar va “Gidrosfera” videofilmini yordamida yangi mavzuni tushuntiradi:

Gidrosfera yunoncha so`z bo`lib, suv qobig`i degan ma`noni anglatishini yaxshi bilamiz. U geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismlaridan bo`lib, Yer kurrasidagi barcha suv – okean va dengizlar, daryo, ko`llar va botqoqliklar, doimiy qorlik va muzliklar, tuproqdagi namlik hamda yer osti suvi majmuidir. Gidrosferaning umumiy hajmi va uning tarkibiy qismlarini quyidagi jadvaldan ko`rishimiz mumkin.

 

Gidrosfera

va undagi suvlar

Umumiy hajmi,

 ming km2

Gidrosfera, jami 1491049
Dunyo okeani 1338000
Yer osti suvlari 23000
Chuchuk yer osti suvlari 105530
Muzliklar 24000
Ko`llar 176
Tuproqdagi namlik 16,5
Atmosferadagi namlik 12,9
Botqoqliklar 11,5
Daryolar 2,5

Yer yuzasining 71 % dank o`proq qismini okean suvlari tashkil etadi, ular dunyo suv zaxirasining 97 % ini tashkil etadi. Quruqlikdagi suvlar esa gidrosferaning 3 % ini tashkil etadi, shundan 2,5 % i chuchuk suvlardir.

O`qituvchi film orqali daryo, ko`l, suv omborlari, muzliklar va yer osti suvlari haqida yangi tushuncha va bilim beradi.

So`ng yangi mavzu va o`tilgan mavzularni takrorlash uchun o`quvchilar “Geografik nomlarni bilasizmi?” elektrodoskasidan foydalanib joy nomlarini topadilar. Unda dengiz, daryo, ko`l va suv omborlari nomlarini to`g`ri ko`rsatilsa, elektrodoska chiroqchalari yonadi.

Guruhlarga navbatdagi topshiriq beriladi.

“Yelpig`ich” usuli.

Bu shartga ko`ra har bir guruhga “Yelpig`ich”ning bir bo`lagi beriladi. Guruh a`zolari unga darslik va atlas asosida qobiqlarning o`zaro aloqasini yozishlari kerak.

O`qituvchi ularni xulosalaydi.

Raqamli diktant.

O`tilgan mavzular bo`yicha geografik nomlar beriladi. Guruh a`zolariga quyidagi 4 yo`lakchali jadval beriladi.

 


Okean

Ko`llar Daryolar Dengizlar

Geografik nomlar tartib bilan o`qiladi. Guruh a`zolari faqat raqamni kerakli joyga qo`yib ketadilar.

  1. Shimoliy Muz okeani.

Guruh a`zolari raqamlarni kerakli joyga qo`yib bo`lgach O`qituvchi to`g`ri javoblarni o`qiydi va guruh sardorlari “V”, “?” tarzida guruh javoblarini tekshiradilar.

Topishmoqlar javob izlar” o`yini.

Guruhlarga 2 tadan topishmoq yozilgan qog`ozlar patnisda tutiladi. Ular tanlab olishadi va 2 daqiqa ichida topishmoq javoblarini topishadi, doska oldiga chiqqan ishtirokchi 1 daqiqa ichida topishmoqlarning javobini og`zaki aytadi. Har bir to`g`ri javob 5 balldan.

Topishmoqlar:

  • Mansabi o`zining nomida,

Manbai dunyoning tomida.  (Hind daryosi)

  • O`zi Osiyoda uning makoni,

Yevrosiyoning u eng chuqur ko`li.  (Baykal ko`li)

  • Uning sahni sayyoramda keng,

Hech qaysi ko`l kelolmaydi teng.  (Kaspiy)

  • Shunday ko`l bor, sehrini ko`r,

Suvning yarmi chuchuk, yarmi sho`r. (Balxash)

  • 5 ta ko`l aka-uka,

Berishib qo`lni-qo`lga,

Ko`krak kerib turishar,

Nomin nima deyishar?  (Buyuk ko`llar)

  • Xaritada ipsimon uzun bo`lib cho`zilgan,

Ikki qo`li oq va ko`k, Uzun daryo nomin olgan.  (Nil)

  • Kim ham bilmaydi uni,

Suvda kezgan oq tog`ni.

Nahotki tog` kezadi,

Nomini kim biladi?  (Aysberg)

  • “Dengiz” derlar, o`xshamas,

Tuzi mo`lu, jon uchramas.

Nomin kim ham bilmaydi,

Derlar eng chuqur cho`kma,

Nomin ayt-chi, adashma.    (O`lik dengiz).

Yangi mavzuni mustahkamlash:

“Cho`qqiga kim oldin chiqaadi?” o`yini.

Guruhlarga yangi mavzu bo`yicha savollar yozilgan topshiriqlar beriladi.

Birinchi bo`lib javoblarni yozib bo`lgan guruh go`lib hisoblanib, rag`batlantiriladi va o`yin to`xtatiladi.

O`qituvchi umumlashtirib darsga yakun yasaydi, guruhlar to`plagan ballar hisoblanib, g`olib guruh va faol o`quvchilar baholanadi.

 Uyga vazifa:

Mavzuni o`qib, savollarga javob yozish.

Yozuvsiz xaritadagi “Dunyoning tabiiy xaritasiga” okean, dengizlar, yirik daryolar va ko`llar nomini yozib kelish.

 

 

 

 

 

 

 

ABDULLAYEVA NODIRA

LESSON PLANNING
The theme of the lesson:Unit 7 Seasons
Class: 1 “V”
Date:
Time: 45-min
The objectives of the lesson:
Educational:
— to learn how to say seasons
Developing:
— to enable pupils to speak about colours and seasons;
— to enable pupils to understand and perform commands
Socio-cultural:
— to raise awareness of the seasons and the ways of saying a season;
— raise awareness of the pronunciation of the sound
Required equipment: Textbook, the DVD of the book, colour flashcards, flashcards describing spring, summer, autumn and winter.
Learning outcomes: By the end of the lesson, pupils will be able to:
— speak about colours and seasons;
— say the kind of season;
— perform commands;
— pronounce the sound

Procedure of the lesson:
Pre-activity:

Activity 1 Listen and say.
Objective: to warm up and revise colours
Time:
Materials: colours
Interaction: whole class
Procedure: Ask the pupils to listen to the poem and then sing the song all together.
Tapescript:
Spring is green
Summer is red
Autumn is yellow
Winter is white

Ask the pupils what the song they have just sung was about. After receiving some answers, summarise them and say that we have four seasons and each season has its own colour.

Activity 2 Look, listen and say.
Objectives: to introduce the new words “winter, spring, summer, autumn” and the structure “It’s winter.”
to practise the pronunciation of the sound
Time:
Materials: pictures
Interaction: whole class
Procedure: After the explanation in Activity 1, take the first line of the song “Spring is green” and ask the pupils to translate it into their native language. Accepting the answers, say that it is correct. Further, explain that in spring green leaves and grasses appear, therefore, it is green. Here put a picture of spring on the blackboard. Then ask what other colours are in the song. Summer — red, autumn — yellow and winter — white. Put their pictures on the blackboard and then work on the pronunciation of all the seasons, especially the sound in “spring” in chorus and individually. First, show the pictures in order, and then randomly.
While-activity:

Activity 3 Play “Sleep!”
Objectives: to do physical exercise and energise the pupils;
to revise the commands from Unit 6, Lesson 3;
to introduce the new command “Sleep!”
Time:
Materials: computer, action cards
Interaction: whole class
Procedure: Remind the pupils about how the robot went for magic apples and offer the pupils to go for magic apples themselves. Remind the pupils that at first, the robot went along the road. So give the command “Go!” (After each command, you need to say “Stop!” to stop the pupils). Next, remind the pupils that the robot jumped over the bumps in the swamp. So give the command “Jump!”. Then the pupils go to a beautiful meadow with flowers. So give the command “Run!”. Next, the pupils have to swim across the river. Command “Swim!”. Then introduce a new command “Sleep!”. Here explain to the pupils that we are not robots, therefore, we must have a rest and sleep. When we get to the tree, we climb up. “Climb!” Take the magic apples. With the help of the magic apples, we can fly. “Fly!”

Activity 4 Play “It’s Winter”.
Objectives: to consolidate the new vocabulary and the structure
Time:
Materials: pictures:
Interaction: whole class
Procedure: Do a jig-saw activity with cut pictures of four seasons. Divide the class into four groups and explain to the pupils that they will now get cut flashcards of different colours: green, red, yellow and white. Then ask what they think there should be on the flashcards. After getting the correct answer, sum up and say that it is 4 seasons.
Further, explain that each team must collect a coherent picture of their season. So distribute the seasons for the teams. Each team gets a coloured circle of one of four colours: green, red, yellow and white. This means that they need to collect the pictures of different seasons of the corresponding colour. Each team must as soon as possible:
1) choose only the pictures of the same colour from a pile of cut pictures;
2) lay out a coherent picture of the cut pieces;
3) When they finish the picture, as a whole team they must say their season, for example, “It’s winter”.
During the task, you should help the children choose the right pictures and remind them what to say. You can keep all the pictures in your hands. Quickly take one and show the class. Teams must take their colour. You should correct the children when needed. At the end of the task, each team must answer the question “What season is it?”

Post-activity:
Optional Activity 5 Play “What season is it?”
Objectives: to consolidate the new vocabulary and the structure
Time:
Materials: computer, DVD, pictures
Interaction: whole class
Procedure: During the group work, each pupil worked only with his/her season. This task tests all the pupils’ knowledge of all the seasons.
Tell the children that you want to check if everybody remembers the seasons. Collect all the cut pieces of pictures again. Put them in a bag and mix. The bag should be opaque.
Then pull out of the bag one of the fragments of a flashcard, show it to the children and ask “What season is it?” The children should determine the season according to the colour and say “It’s winter”, etc.

Homework:
Explain to the pupils that at home they should draw and colour the picture on the right hand page. Ask them to remember how to say a season they learnt during the last lesson.

Bitiruvchilar uchun esdalik!

9-«A» sinf o’quvchilari Tillayev Ulug’bek bilan Qurbonaliyev Xumoyunbek birgalikda esdalik uchun videorolik tayyorlashdi. Videorolikni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin!

«Kitobxonlar bayrami» doirasida o`tkazilgan tadbirlar

Maktabda 652 nafar o`quvchi tahsil oladi. Bulardan 516 nafar (87%) o`quvchi va 44 nafar (100%) o`qituvchi kutubxonaga a’zo.

Maktab kutubxonasi kitob jamg’armasini boyitishda «Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari» xayriya tadbiri tashkil etildi. Bu tadbirda ota-onalar vasiylik kengashi tomonidan badiiy adabiyotlar xarid qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

KITOBXONLARNING ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH DARAJASI:

1 kunda — 30 nafar
1 oyda — 690 nafar kitobxon maktab kutubxona fondi adabiyotlaridan foydalanadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KUTUBXONA BILAN HAMKORLIKDA O’TKAZILGAN TADBIRLAR:

Adabiyot kunlari;

Kitob taqdimoti;

Kitobxonlar bayrami;

Bir farzandga 3 kitob aksiyasi;

Eng yaxshi kitobxon o`quvchi;

Kitobim — oftobim;

«Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari» xayriya tadbiri.

KITOBIM — OFTOBIM

 

 

 

 

 

 

 

 

Kutubxona bilan hamkorlikda 2-«A» sinf o`qituvchisi A.Ashirova va o`quvchilari ishtirokida mazkur tadbir o`tkazildi. Tadbirning mazmun-mohiyati va maqsadi: o’quvchilar o`rtasida kitobxonlik, kitoblarni asrab avaylab o`qish, ularning bilim olishlarida kitobning ahamiyatini bolalarga tushuntirishdir.

ADABIYOT KUNLARI

2014 yilning yanvar-fevral oyida maktab miqyosida «Adabiyot kunlari» tashkil etildi. Bunda Navoiy tavalludining 573 yilligi hamda Bobur tavalludining 531 yilligini nishonlash

maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etildi.

 

Мазкур «Adabiyot kunlari» oyligida «Ona tili» metod birlashma o`qituvchilari tomonidan maktab foyyesi va

koridorlarning maxsus belgilangan joylarida Navoiy va Bobur haqida aytilgan dono so`zlar, shiorlar, kitob ko`rgazmalari bilan bezatilib, slayd ko`rinishidagi taqdimotlar, ular ijodiga bag`ishlangan tadbirlar, ochiq darslar, 5-6-7-8-9-sinf o`quvchilari o`rtasida «Ajdodlari ulug` yurt farzandiman» mavzusida insholar, bayon va diktantlar tanlovi o`tkazildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MUXAMMAD YUSUF TAVALLUDINING 60 YILLIGI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 dekabrdagi qaroriga muvofiq 2014 qil aprel oyida maktab jamoasi va o`quvchilari tomonidan O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi keng nishonlandi.


В первый класс в первый раз

Ingliz tili darslari

Biz ayni paytda ingliz tili darsini kompyuterlarda o`tishni amalda sinab ko`ryapmiz. Bu yo`nalishda juda ham maqtanishga arziydigan yutuqlarimiz yo`q-ku, ammo ba`zi siljishlar bor. Darslar oddiy darslar kabi o`tiladi, ammo mashqlar bajarish va testlar topshirishda esa o`quvchilar kompyuerlardan foydalanishadi. Ular, darslikda o`tilgan so`zlarni kompyuterda o`yin sifatida, grammatikani esa har xil mashq va testlar yordamida mustahkamlashadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kompyuterlarda doimiy ravishda eng zamonaviy lug`at va ingliz tilidagi Britannica ensiklopediyasi ishlab turadi. O`quvchilar darsliklarga taalluqli va taalluqli bo`lmagan narsalarni dars paytida yoki tanaffus paytida olishlari, o`qishlari va o`rganishlari mumkin.

БДММ таътил даврида.

Синфдан-синфга кўчириш босқичли назорат имтиҳонларидан сўнг 7-8

синф фаоллари учун БДММ концепцияси асосида семинар — тренинглар

ўтказилди. Тренингни Абдуразоқова Д. олиб бордилар. Ўқувчилар фаол

иштирок этишди.Мавзу эълон қилинди

Тренер Абдуразоқова Д.

иштирокчилар