Fevral-informatika va matematika fanlar oyligi

Yanvar ohirida metod birlashmada fevral fan oyligiga reja tuzildi va tasdiqlandi.
Fan oyligi boshlanishi haqida o’quvchilarga ertalabki saflanishda  e’lon qilindi. Barcha sinflarda  o’quvchilar darsliklar bilan ta’minlanganligi nazorat qilindi. Nazorat natijasida darsliklar asosan hamma o’quvchilarda borligi aniqlandi.

qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishamiz

Birinchi hafta davomida matematika va informatika fanlardan kirish testlari olindi. Ular asosida o’zlashtirilmagan BKM elementlari aniqlandi va ularni korreksiyalashtirish uchun har bir fan o’qituvchisi o’quvchilar bilan ishlash rejasini tuzdi.
Dushanba va shanba kunlari umumiy yig’ilishda “Internet yangiliklari” xabarlari bilan o’quvchilar tanishtirildi.
Ikkinchi hafta davomida  “Ochiq eshiklar” festivali bo’lib o’tdi.
8-sinfda algebra fanidan “Kasrning arifmetik ildiziga doir misollar yechish” mavzusiga matematika o’qituvchisi Naimova D. ochik dars o’tdi.
Informatika fanidan “MS Excelda  matematik amallar va funksiyalarni qo’llash” mavzusiga fan o’qituvchisi Nurmatova Sh. 8-B da ochiq dars o’tkazdi.
9-sinflarda “ochiq eshiklar kuni”ni Mamaraximova M. algebra fanidan “ά va ά-burchaklarning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi” mavzusiga o’tkazdi.
III-hafta davomida 6-sinflarda blits-ring matematika va informatika fanlardan Yuldasheva M., 9-sinflarda “Bilimdonlar bellashuvi” tadbirini matematika va informatika fanlardan Mamaraximova M. va Nurmatova Sh. o’tkazishdi.
7-sinflarda “Zakovat(KVN)” Naimova D. olib bordi. 5-sinflarda matematikadan ochiq dars o’tkazildi.
Fan oyligi davomida bo’shliklarni to’ldirish va bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlar olib borildi. Individual ishlash uchun tarqatmalar va ma’ruzalar tayyorlandi.

Zakovat

IV-haftada matematika-informatika fanlardan o’quvchilar monitoringi (chiqish  testi) o’tkazildi va natijalar tahlil qilindi. Fan oyligini fanlar festivali bilan yakunladi.

Leave a Reply