Yashnobod tuman xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi ona tili va adabiyot, o’zbek tili o’qituvchilari uchun o’quv seminar

Toshkent shahar Yashnobod tumani 227-IDUMda ona tili va adabiyot hamda òzbek tili fani òqituvchilari tomonidan òquv seminari tashkil etildi. Seminarda mavzu yuzasidan fikrlar almashildi. Undan sòng Òzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha bòlib òtdi. Ushbu adabiy-badiiy kechada òquvchilar tomonidan ijro etilgan gòzal she’rlar, kuy-qòshiqlar, sahna kòrinishlari yiģilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Ushbu tadbir Muhammad Yusuf she’riyatiga yuksak ehtiromning bir kòrinishi sifatida kòtarinki ruhda òtkazildi.

Leave a Reply