Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi

Toshkent shahar Yashnobod tumani 227-IDUM da ona tili va adabiyot hamda o’zbek tili metod birlashmasi tomonidan Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan «Qalblarda qo’shiq bo’lib yashagan shoir» nomli tadbir tashkil etildi.Ushbu tadbirda maktab targ’ibotchisi tashabbusi bilan maktabga tashrif buyurgan shoir,jurnalist va O’zbekiston Respublikasi IIB ning bir qator gazetalari muharriri Zikrilla Ne’mat mehmon bo’ldilar.O’quvchilar tomonidan namoyish etilgan she’r,raqs va sahna ko’rinishi tadbir mehmoni va o’quvchilarga manzur bo’ldi.Ona tili va adabiyot hamda o’zbek tili metod birlashmasi a’zolari bugungi tadbir ishtirokchilariga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Leave a Reply