Radjapova M ning dars ishlanmasi

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi

227-maktabning 2-“B” sinf rahbari

Radjapova Mohiraning

matematika fanidan

“a+49, 91-b ko`rinishidagi ifodalar”

mavzusida yozgan

1 soatlik dars ishlanmasi

Radjapova M

Sana:

Sinf: 2-“B”

Fan: Matematika

I.Dars mavzusi: a+49, 91-b ko`rinishidagi ifodalar

II.Dars maqsadi:

a)ta`limiy: a+ 49,91-b korinishidagi ifodalar haqida bilim berish. O`quvchilarga harfli ifodalarga oid misollar yechishni o`rgatish. Olingan   ko`nikmalarni mustahkamlash;

b)tarbiyaviy: o`quvchilarni kichik guruhlarda o`zini o`zi boshqarish va hamjihatlikka o`rgatish, har bir matematik muammolarni ahillik, hozirjavoblik bilan hal etish, bir-biriga yordam berish fazilatlarini tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o`quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish,xotirasini mustahkamlash.

III. Dars turi: Aralash dars

  1. Dars metodi: savol-javob,tushuntirish, muammoli izlanish, guruhlarda ishlash.
  2. Dars jihozi: AKT, multimediali ilovalar, darslik,tarqatma misollar, charxpalak maketi.
  3. Darsning borishi:(3`)

  Tashkiliy qism. Salomlashiladi, o`quvchilarning darsga tayyorgarligi parta oralab ko`rib chiqiladi, fasl haqida suhbat o`tkaziladi,o`quvchilar diqqati darsga jalb etiladi,navbatchi  o`quvchining axboroti tinglanadi,  uyga berilgan vazifa tekshiriladi va tahlil qilinadi.

 

VII. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.(10`)

Matematik  diktant.   O`quvchilarga berilgan ifodalardan daftarlariga faqat harfli ifodalarni ajratib yozishlari lozimligi tushuntiriladi.  Ifodalarni ustun shaklida yozish eslatiladi.

  • 15 bilan 6 ning ayirmasini toping.
  • a bilan 4 ning yig`indisini toping.
  • 5 bilan b ning ayirmasini toping.

4)     Kamayuvchi 20 ga, ayruvchi 8ga teng.

5)     25 bilan 1ning yigindisini toping.

6)     Birinchi  qo`shituvchi  b ga,ikkinchi  qo`shituvchi  3 ga teng.

7)     40 soni 2 ga  kamaytirilgan.

8)     a bilan 8 ning yig`intisini toping.

9)     50 bilan 10 ning ayirmasini toping.

10)   62 bilan 20 ning  yigintisini toping.

11)    c bilan 40 ning  ayirmasini toping.

12)   16 bilan 6 ning ayirmasini toping.

 

Javoblarini tekshirishda o`zaro  tekshirish usulidan foydalanish mumkin. O`quvchilar partadoshlari bilan daftarlarini almashtiradilar. Javoblar varaqasi doskaga ilib qo`yiladi va o`quvchilar unga qarab javoblarini tekshiradilar.

  Javoblar :  a + 4 ; 5 – b ; b + 3 ; a + b ; c — 40.

 

VIII. Yangi mavzuning bayoni. (15`) 1- misol og`zaki ravishda ko`rgazmali usuldan foydalanib tushuntiriladi:2 ta sonli charxpalak maketi doskaga ilib qo`yiladi.  Birinchisi qo`shishga, ikkinchisi esa ayirishga doir. 1-charxpalakning birinchi g`ildiragida sonlar  yozilgan bo`lib, u aylanadi, ikkinchi g`ildiragi esa aylanmaydi, unda 49 soni yozilgan, orasida “+”  belgisi. Charxpalak bir aylanib to`xtaganida, qo`shishga doir sonli   ifoda paydo bo`ladi va uni o`quvchilar daftariga yozib, qiymatini hisoblaydilar.

8+49=57;

2+49=51;

4+49=53;

6+49=55.

2-charxpalakning birinchi g`ildiragi aylanmaydi, unda  91 soni yozilgan, ikkinchi g`ildiragida esa sonlar yozilgan bo`lib, u aylanadi, orasida   “-“ belgisi. Charxpalak bir aylanib  to`xtaganda, ayirishga doir sonli  ifoda paydo bo`ladi va uni o`quvchilar daftariga yozib, qiymatini hisoblaydilar.

91-6=85;

91-4=87;

91-3=88;

91-9=82.

2-misolda jadvalli misollarni yechish uchun o`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib, har bir guruhga 2 tadan  jadval beradi. O`quvchilar misollarni  namunaga qarab  daftarlarida yechadilar, javoblarini jadvalga yozib, o`qituvchiga topshiradilar.

 

    a

 

   38    46    27    28    39    37    49
  a+7

 

 

    b

 

   47    35    28    24    43    52    13
 56-b

 

    

 3-masala  sharti bilan tanishtiriladi.

-bir o`quvchi masalaning shartini  darslikdan o`qiydi. O`qituvchi o`quvchilar bilan birgalikda ushbu masalaning qisqa shartini tuzadilar.

Ko`chaning o`ng  tomonida 35 ta uy, chap tomonida undan  7 ta kam uy bor. Ko`chaning chap tomonida nechta uy bor ?

O`qituvchi  masala yuzasidan suhbat o`tkazadi va o`quvchilarga mazkur hayotiy vaziyatni tasavvur qilishga  yordam beradi. O`quvchilar masala sharitidan nimalar ma`lumligi, nimalar noma`lumligini, ular orasidagi qanday bog`lanishlar borligini o`qituvchining savollariga asoslanib aniqlaydilar. Masalaning qisqa yozuvini tuzishda o`qituvchi asosiy so`zlarni aytadi.

 

O`ng tomonda- 35 ta uy

Chap tomonda- ? 7 ta kam uy

Yechish:35-7=35- (5 + 2) = 35 — 5 — 2 = 30 — 2 = 28 (ta uy)

Javob: ko`chaning chap tomonida 28 ta uy bor.

 

O`qituvchi: Masala nechta amal bilan yechildi ?

O`quvchilar: 1 ta.

O`qituvchi : Masalaning savoli qanday o`zgartirilsa, u ikki amal bilan yechiladigan bo`ladi ?

O`quvchilar: Ko`chaning ikkala tomonidagi uylar nechta?

 

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.(12`)

4-misol- “ Asalari uyasi”  o`yini asosida  kichik  guruhlarda ishlanadi. Buning uchun o`quvchilar kichik guruhlarga  6 tadan bo`linadilar. Har bir guruhga misollar yozilgan  muntazam  oltiburchak  shaklidagi  sariq rangli kartochkalar beriladi. Ulardan bittasining o`rtasiga harfli ifoda, qolgan 6 tasining orqasiga harfning qiymati yoziladi. O`quvchilar kartochkalardagi harfning qiymatini harfli ifodaga qo`yib, misolning yechimini yozadi. Guruhdagi barcha o`quvchilar  misollarni yechib bo`lganidan keyin, A-3 formatdagi qog`oz ustiga kartochkalardan  foydalanib, asalarining uyasini yasaydilar. Barcha guruhlar tayyor  o`zlari yasagan asalarining  uyalarini  doskaga iladilar. O`qituvchi misollarning to`g`riligini tekshiradi va guruhlarni rag`batlantiradi.

a+8 ifodaning qiymatini ayting:    a=14;a=8;a=47;a=25;a=30;a=52.

 

b-6  ifodaning qiymatini ayting :   b=13;b=18;b=44;b=20;b=36;b=51.

 

12+a ifodaning qiymatini ayting:  a=5;a=9;a=30;a=48;a=36;a=51.

23- b ifodaning qiymatini ayting:  b=1;b=8;b=13;b=20;b=23;b=16.

 

a+20 ifodaning qiymatini ayting:  a=19;a=7;a=42;a=35;a=34;a=62.

 

b-10 ifodaning qiymatini ayting:   b=15;b=28;b=46;b=20;b=37;b=68.

 

5 misol : O`quvchilar kichik guruhlarda doiraviy misollardagi qonuniyatni topadilar.

45+23;

23+22;

59-36;

42+17;

68-26.

6-masalani  yechish uchun 2 ta  o`quvchi doskaga  chiqariladi, qolgan o`quvchilar esa daftarlarida yozadilar. Masalani  yechishda qisqa yozuv bo`yicha masala  sharti tuziladi.

1)   Katak daftar -32 ta

Bir chiziqli daftar — ?, 14 ta kam

 

2)   Katak daftar – 32 ta

Bir chiziqli daftar — ?, 14 ta kam                        ? ta daftar

 

7-topshiriqda har bir shaklining perimetri topiladi:

 

 

 

 

Ekran orqali trenajyor – mashq va test topshiriqlari  bajariladi.

 

  1. O`quvchilarni baholash:(3`)

-Darsda erishilgan yutuqlar, yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilinadi.O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra  baholanadi.                                                                                 Faol ishtirok etgan o`quvchilar  rag`batlantiriladi.

Dars umumlashtirilib, yakunlanadi.

  1. Uyga vazifa berish: (2`)

90-betdagi 8-masala va 9-misollarning sharti tushuntiriladi.

Leave a Reply