Aprel-estetik fanlar oyligi
Aprel-estetik fanlar oyligi reja asosida o`tkazildi.
Toshkent shahar
Yashnobod tumani
227-umumta’lim maktabi
chizmachilik fani o’qituvchisi
Xo’jaev Abduboriyning
“ Elektrotehnika bilan bog`liq kasb hunar turlari. Elektro montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullarini o`rganish.”
mavzusida bir soatlik ochiq dars
ishlanmasi
Toshkent-2017
Dars mavzusi: Elektrotehnika bilan bog`liq kasb hunar turlari. Elektro montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullarini o`rganish.
Ta’limiy maqsad: Elektrotehnika bilan bog`liq kasb hunar turlari haqida, Elektro montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash haqida malumot berish ish usullarini o`rganish.
- Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda kasbiy mahoratni, ishbilarmonlik, tadbirkorlik sifatlarini tarbiyalash.
- Rivojlantiruvchi maqsad: Kasb hunar turlari haqida, sim turlari, kafsharlash, fluslar va ularni ishlatish haqida bilimlarni rivojlantirish.
Dars metodi: An’anaviy,yahgi ma`lumot beruvchi kichik suhbat, amaliy mashg’ulot
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid slayd, chizmalar, hom ashyo turlari, mavzuga oid ish qurollari.
Darsning borishi: Tashkiliy qism (3daqiqa)
- Salomlashish
- Davomatni aniqlash
- Darsga tayorgarlikni tekshirish
Sinfni darsga tayyorlash: (12daqiqa)
- Yangi mavzuni e`loni
- BKM lar e`loni
- O’tilgan mavzuni so’rash yoki takrorlash (Savollar Ilovada taqdim etilgan)
Yangi mavzuni bayoni: (25daqiqa)
- Elektromontaj kasblari haqida malumot berish (slayd ilova qilinadi). Qurilishda Ishlab chiqarishda mashinasozlikda elektromontajchilarning vazifasi, bajargan ishlari,odamlarga va iqtisodimizga qilayotgan foydalari haqida malumot beriladi.
- Elektromontaj asboblari haqida malumot berish. (Slayd ilova qilinadi) Shu kasb egalarining ish faoliyati va faoliyat davomida ishlatiladigan mahsulot turlari, asbob uskunalari haqida malumot beriladi.
- Elektromontaj simlari va aksesuarlari haqida malumot. (Slayd ilova qilinadi) Ishchilarning ish davomida ishlatiladigan har bir jihozlarini maqsad va vazifalari tuzilishi haqida umumiy malumot beriladi.
- Elektromontaj ishlarida tehnika havsizligi qoidalariga rioya etish choralarini o`rgatish. Qurilishda, ishlab chiqarish jarayonida elektrotehnika havsizligi ni o`quvchilarga o`rgatib, maktab va uy sharoitida faqat kichik 9V kuchlanishdagi mahsulot va jihozlar bilan ishlash o`rgatiladi.
Amali mashg`ulot: (35daqiqa)
Amaliy mashg`ulot davomida o`quvchilar bilan kavsharlash yordamida montaj usullarini o`rganish. O`quvchilarga maktab sharoitida montaj ishlarini o`rgatib mashq qildirish. Sim turlarini ajrata olish, asboblardan foydalanish va montaj usullarini o`rgatish.
Yangi darsni mustahkamlash:-10daqiqa
- Elektrotehnika bilan bog`liq qanday kasb turlarini bilasiz?
- Iqtisodimizga bu kasbning qanday ahamiyati bor ekan ?
- Bu kasb egalari qanday mahsulot turlaridan foydalanishadi?
- Elektromontaj ustalari qanday ish qurollaridan foydalanishar ekan?
Baholash: (3daqiqa) .o`tilgan mavzular bo`yicha savol javoblar vazifalar tekshirilib, o`quvchilarga elon qilinib, jurnal va kundaliklarga qo`yiladi.
Uyga vazifa:-2daqiqa. Svetafor yasash uchun hom ashyo-sim, yoritgishlar, izolenta,batoreykalardan namunalar tayorlab, malumotlarni o`rganib kelish.
Ilova
- Biriktiruvchilarga misollar keltiring, ulardan qanday foydalaniladi ?
- Kavsharlash deb nimani ko`z oldingizga keltirasiz?
- Qanday kavshar turlarini bilasiz?
- Qanday holatlarda kavshar ishlatiladi?
- Kavsharlashda qanday sim turlaridan foydalaniladi?
- Flyus nima va ular nima uchun ishlatiladi?
T0`garak ishlaridan namunalar